

Il Matino xabariga ko'ra, futbolchini ingliz klubiga o'tkazish bo'yicha kelishuv deyarli yakunlangan. Qayd etilishicha, uning uchun Manchesterda uy allaqachon tayyorlab qo'yilgan.
Avvalroq koreyalik futbolchi Erik ten Xag jamoasida yiliga 9 million evro ishlab olishi haqida xabar berilgandi.
Kim Min Chje 2022 yilning yozida Turkiyaning "Fenerbaxche" klubidan "Napoli"ga o'tgandi. Himoyachi "Napoli" safida 43ta o'yinda qatnashib, ikkitadan gol va assist qayd etdi.



