"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi "Luton Taun"ga o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
14 iyul 2023
"Luton Taun" "Birmingem Siti"dan yarim himoyachi Taxit Chong transferini e'lon qildi.

Kelishuv tafsilotlari hozircha e'lon qilinmayapti. 

O'tgan mavsum gollandiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushgan va 4 ta gol urib, 5 ta assist qayd etgan.

Eslatib o'tamiz, Taxit Chong "Manchester Yunayted" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu klub safida futbolchi 16 uchrashuvda maydonga tushgan va 2 ta golli uzatma etkazib bergan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru