"Manchester Yunayted" "Siti" bilan Bonuchchi uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2016
"Manchester Yunayted" "Yuventus" markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi xaridiga qiziqib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 29 yoshli italiyalikning xarid qilish fikri turinliklar bilan Pol Pogba transferi muzokarasi paytida paydo bo'lgan.

Oldinroq "Manchester Siti" Bonuchchi uchun 60 mln. evro bermoqchi edi.

Agar Leonardo MYU safini to'ldirsa, Fil Jons yoki Markos Roxo "qizil iblislar"ni tark etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC