"Manchester Yunayted" "Santos" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
23 sen 2017
"Santos" yarim himoyachisi Lukas Lima "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Bu haqda "Talksport" xabar berdi. 27 yoshli futbolchi klub bilan 31 dekabrda nihoyasiga etadigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Lima yanvarda ingliz klubiga tekinga o'tishi mumkin.

Shuningdek, o'yinchiga "Barselona", "Inter" va "Roma" jamoalari ham davogarlik qilishmoqda.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Talksport