“Manchester Yunayted” Sanchoni “Borussiya D”ga ijaraga bermadi

Alisher
2 iyul 2023
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni “Borussiya D”ga ijaraga bermadi.

Klub har qanday ijaraga rad javobini berishni ma'lum qildi. “Qizil iblislar” faqatgina Sanchoni to'liq sotib olishga tayyor bo'lgan jamoalar bilan muzokaralar olib borishlarini ma'lum qilishdi. 

Avvalroq, Manchester jamoasi yarim himoyachisini 45 million funtga sotishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

 Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” 2021 yilda aynan “Borussiya D”dan Sanchoni 85 million evroga xarid qilgandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com