"Manchester Yunayted" Raboni xarid qilish uchun iqtidorli futbolchisidan voz kechishga tayyor

Sherzod Nurmatov
16 avg 2022, 19:54
MYU "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni sotib olish uchun mablag' yig'moqda.

Klub bu uchun xavbek Jeyms Garnerni sotishga tayyor, deb xabar berdi "The Guardian".

Manbaga ko'ra, mankunianlar yosh iqtidor uchun 18-20 million evro olishni istashmoqda. Biroq bu etarli bo'lmasligi mumkin, chunki Angliya klubi hozircha Rabo bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelisha olmayapti.

21 yoshli Garner o'tgan mavsum "Nottingem Forest"da ijara asosida o'ynadi va klub safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror