"Manchester Yunayted" PSJ yulduzini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher Ostonov
14 apr 2025
"Manchester Yunayted" PSJning 19 yoshli fransiyalik vingeri Dezire Duening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, parijliklar yosh istedodni qo'yib yuborish istagida emas. PSJ poziciyasini faqat klub futbolchi uchun to'laganidan ancha yuqori summa o'zgartirishi mumkin. Due Parijga 2024 yilning yozida "Renn"dan 50 mln evro evaziga ko'chib o'tgandi (Transfermarkt ma'lumotlari).

Dezire Due joriy mavsum PSJ safida 43 ta o'yin o'tkazib, ularda 12 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com