"Manchester Yunayted" "Portu" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi

Alisher
19 sen 2020
"Portu" himoyachisi Aleks Telles MYUga o'tishi mumkin.

"Qizil iblislar" 27 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Endi "Manchester Yunayted" "Portu" bilan transfer narxini kelishib olishi kerak. "Ajdarlar" o'z sardorlarini 20 million evrodan kamiga qo'yib yuborishmoqchi emas.

Telles joriy mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport