"Manchester Yunayted" Pol Pogbaning o'rniga boshqa bir fransiyalik o'yinchini topib qo'ydi

Alisher
29 okt 2019
"Manchester Yunayted"ga "Lill" yarim himoyachisi Bubakari Sumarega qiziqmoqda.

20 yoshli fransiyalik futbolchi Pol Pogbaning o'rniga nomzod sifatida ko'rilmoqda.

"Manchester Yunayted" skautlari bir necha bor Sumarening o'yinlarini kuzatishdi.

Xavbekning  "Lill" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida o'z yakuniga etadi, ammo klub o'yinchi bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda.

Futbolchi PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo professional futbolchilik faoliyatini 2017 yilda "Lill"da boshlagan.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe