"Manchester Yunayted" o'z futbolchisining haftalik maoshini 300 ming funtga etkazmoqchi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2018
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Real" qiziqish bildirayotgan jamoaning 27 yoshli darvozaboni David De Xeani tarkibda saqlab qolmoqchi va unga shartlari yaxshilangan yangi bitim taklif qiladi.

Ispaniyalikning mankunianlar bilan kelishuvi 2019 yilgacha mo'ljallangan. Ma'lumotlarga ko'ra, Manchesterdagilar futbolchining haftalik 210 ming funtlik maoshini 300 ming funtga ko'tarmoqchi. Agar yangi bitim imzolansa, de Xea klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

Joriy mavsum de Xea "Manchester Yunayted" safida APLning 22ta uchrashuvida maydonga tushdi va 16ta gol o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun