"Manchester Yunayted" - "Nyukasl" uchrashuvi translyatsiya bo'yicha rekord o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2021
Ushbu bahsda sobiq jamoasiga qaytgan Krishtianu Ronaldu debyut qildi.

Angliya Premer-ligasining 4-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Nyukasl" uchrashuvi 8.6 mlndan ortiq tomoshabinni o'ziga jalb etdi. Bu Angliya televideniesi tarixidagi eng ko'p tomoshabin yiqqan ko'rsatuvga aylandi.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etib, jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/DevilsofUnited