“Manchester Yunayted” – “Milan”. Bugungi o'yin oldidan “Angliya futboli” storisi va Telegram'dagi sahifamizda o'tkazilgan so'rovnoma natijalari

Eldor Akmurzayev
11 mar 2021
Yevropa Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan “Old Trafford”dagi markaziy uchrashuv 22:55 da start oladi.

MYU va “Milan” o'rtasidagi qiziqarli to'qnashuv oldidan saytimizning 2 platformasida obunachilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi va ularning ikkisida ham katta ustunlik “qizil iblislar”ga berildi.

“Angliya futboli” storisidagi natijalar – 77 foizga 23 foiz.

“Telegram”dagi sahifamizga qo'yilgan so'rovnomada esa 7.200 dan ziyod kuzatuvchi ishtirok etdi. Natijalar esa quyidagicha:

MYU – 70 % ovoz berilgan

Durang bo'lishiga – 8 %

“Milan” – 22 %

“Qizil iblislar” va “rossonerilar” shu vaqtgacha o'zaro turli darajadagi musobaqalarda 12 marta to'qnash kelgan. 5 ta o'yinda MYU zafar quchgan bo'lsa, xuddi shuncha g'alaba “Milan” hisobida ham bor. 2 ta o'yinda esa g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati – 19:16 manchesterliklar foydasiga.


Eldor Akmurzaev tayyorladi

 

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling! 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia