"Manchester Yunayted" Meddison uchun 50 million evro va bir futbolchisini berishga tayyor

Alisher
6 yanv 2020
"Manchester Yunayted" "Lester" yarim himoyachisi Jeyms Meddison bilan shartnoma imzolamoqchi.

Manchester klubi "tulkilar"ga 23 yoshli xavbek uchun 50 million evro va vinger Jessi Lingardni berishni taklif qilmoqchi.

Meddisonning transfer narxi 60 millionga teng. Xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 3ta assist qayd etgan.

27 yoshli Lingard joriy mavsum "qizil iblislar" safida 26ta o'yinda o'ynab, 1ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APLda 31 ochko to'plagan holda 5-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sunday Mirror