"Manchester Yunayted" Marsyalni APL klubiga sotishni istamadi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2018
"Manchester Yunayted" rahbariyati fransiyalik forvard Antoni Marsyalni "Tottenxem"ga sotmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, MYU Ivan Perishichni xarid qilsa, Marsyalni sotib yuborishi mumkin. Marsyalga "Tottenxem"dan tashqari "Chelsi" qiziqish bildirmoqda, biroq "Manchester Yunayted" APL chempionligi uchun kurashdagi asosiy raqibiga futbolchisini bermoqchi emas.

"Manchester Yunayted" Marsyalni 70 mln. funtga sotishi mumkin. Davogarlar safida PSJ va "Bavariya" ham bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror