"Manchester Yunayted" Maguayr bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2021
"Manchester Yunayted" jamoa sardori Garri Maguayr bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi futbolchi bilan 5 yillik shartnoma borasida muzokara olib bormoqda. "Manchester Yunayted" rahbariyati himoyachining maoshini haftasiga 220 ming evrodan 350 ming evroga oshirmoqchi.

Futbolchi "Manchester Yunayted" safida 2019 yilning yozidan buyon o'ynaydi. Maguayrning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi. Joriy mavsumda u jamoa safida 6 ta o'yinda maydonga tushgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun