"Manchester Yunayted" "Lester" futbolchisiga ko'z tikmoqda

Alisher
15 iyun 2020
"Lester" yarim himoyachisi Vilfdred Ndidi Yevropaning bir nechta katta klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Xabarlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" 23 yoshli nigeriyalik futbolchini transfer maqsadlari ro'yxatiga kiritgan.

Vilfred Ndidiga shuningdek PSJ va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi 2017 yildan beri "Lester"da o'ynaydi. Bungacha esa Belgiyaning "Genk" klubi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: express.co.uk