"Manchester Yunayted" "Lacio" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Mirjalol Normatov
11 iyul 2019
"Manchester Yunayted" "Lacio" futbolchisi Sergey Milinkovich-Savichning transferidan voz kechganicha yo'q.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, Angliya jamoasi futbolchi uchun 80 million evro taklif qilgan, biroq rad javobini olgan. "Lacio" serbiyalikni 100 million evroga baholamoqda va narxni tushirmoqchi emas. Hozirda uning xizmatlariga PSJ tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda.

O'tgan mavsumda 24 yoshli Milinkovich-Savich "Lacio" tarkibida 41 o'yinda 7 gol urib, 3 bora assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports