"Manchester Yunayted" Kubo bilan shartnoma imzolamoqchi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2023, 12:20
"Qizil iblislar" Takefusa Kuboga uning maoshidan 7 baravar ko'p pul taklif qilishga tayyor.

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Real Sosedad" vingeri Takefusa Kubo bilan shartnoma imzolash niyatida, deb xabar bermoqda "Daily Express".

Xabar qilinishicha, "qizil iblislar" 22 yoshli yaponiyalikni transfer qilish uchun uning Ispaniyadagi maoshidan 7 barobar ko'p maosh taklif qilishga rozi.

Takefusa Kubo joriy mavsum "Real Sosedad" safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Express