"Manchester Yunayted" "Kristiansunn"ni bazo'r mag'lubiyatga uchratdi

Alisher
31 iyul 2019, 10:25
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Norvegiyaning "Kristiansuun" jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida minimal hisobda g'alaba qozondi.

"Kristiansunn" (Norvegiya) – "Manchester Yunayted" (Angliya) – 0:1 (0:0)

Gol: 0:1 – Mata (92)

"Manchester Yunayted": De Xea (Romero, 60), Uan-Bissaka, Jons (Tuanzebe, 61), Lindelyof (Grinvud, 63), Shou (Mata, 60), Matich (Pogba, 60), MakTominey (Roxo, 60), Jeyms (Fred, 60), Lingard (Chon, 60), Marsyal (Dalot, 60), Reshford (Pereyra, 62).

Qayd etish kerakki, o'yinning 87-daqiqasida norvegiyaliklar tarkibida o'zgarish sodir bo'ldi. Maydonga MYU bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsherning o'g'li Noa tushdi. Bu uning futbolchilik faoliyatidagi dastlabki o'yin bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia