"Manchester Yunayted" Koutinoga jiddiy tarzda qiziqmoqda

Alisher
20 mar 2020
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Braziliyalik yarim himoyachi hozirda ijara asosida Myunxenning "Bavariya" jamoasida o'ynamoqda.

Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" futbolchining narxi va transferi borasida kataloniyaliklar bilan aloqaga chiqqan.

Myunxenliklar bugungi kunda Filippe Koutinoni xarid qilishni rejalashtirishmayapti, "ko'k-anorranglilar" esa uni sotishmoqchi.

Koutino joriy mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo