"Manchester Yunayted" Kamara bilan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor

Alisher
24 yanv 2022
"Manchester Yunayted" tez orada "Marsel" yarim himoyachisi Bubakar Kamara bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, futbolchi manchesterliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Uning "Marsel" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 22 yoshli xavbekka shuningdek "Roma" va "Nyukasl" qiziqmoqda.

Kamara joriy mavsum "Marsel" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira