

Mutaxassis braziliyalik futbolchini jamoa uchun kerak emas deb hisoblamoqda. Shu sababli klub unga xaridor izlamoqda. O'z navbatida Tellesning o'zi ham jamoadan ketishni niyat qilmoqda. Ammo hozircha Aleksga xaridor chiqqanicha yo'q.
O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi "Yunayted" tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 1 gol va 4 assist qayd etdi.



