

22 yoshli angliyalik futbolchi Chempionship klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
"The Athletic" xabariga ko'ra, mankunianliklar Lerdning transferidan 750 ming funt qabul qilib olgan, shuningdek, uning keyingi transferidan ma'lum bir mablag' ham ishlab oladi.
O'tgan mavsumni futbolchi KPRda ijarada o'tkazdi va 33 o'yinda 1 gol hamda 2 assist qayd etdi. Bunga qadar u "MK Dons", "Suonsi" va "Bornmut" kabi klublarda ijarada o'ynadi.


