"Manchester Yunayted" futbolchilari mashg'ulotga qanday ulovlarda kelishdi? FOTO

Tolibjon Qosimov
3 noya 2017
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi hafta o'rtasida Chempionlar ligasida Portugaliyaning "Benfika" jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Yakshanba kuni esa "qizil iblislar" APL 11-turi doirasida "Chelsi" bilan bellashadilar. Jamoa YCHL o'yinidan keyin kechadan mashg'ulotlarga kirishdi. Quyida MYU o'yinchilari Karringtondagi bazaga qanday avtoulovlarda kelishganini suratlar yordamida keltirib o'tamiz.


Genrix Mxitaryan "Mercedes"ida mashg'ulotga tashrif buyurdi.



"Benfika"ga penaltidan gol urgan himoyachi Deyli Blind ham Mikidagi ulovdan foydalanadi.



Jarohati bor Maruan Fellayni oq "Mercedes"da keldi.


Jarohatlangan yana bir futbolchi Pol Pogba "Audi" avtomobilida Karringtonga tashrif buyurdi.



"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Joze Mourinyoni mashg'ulotga haydovchi olib keldi.


"Benfika"ga penaltidan gol ura olmagan Antoni Marsyal ham klub bazasiga haydovchi bilan keldi.


MYUning asosiy sardori Maykl Kerrik ham Pogba kabi "Audi" minadi.


"Benfika"ga qarshi o'yinda MYU tarkibida YCHLda debyut qilgan Skott Maktominey "Mercedes" avtomobilini maqul ko'rgan.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk