

Fransiyalik posbonning Liga 1dagi o'yinlari Andre Onananing ishonchsiz o'yini fonida "Yunayted" e'tiborini tortdi.
Biroq, MYU hozircha Shevalening o'yinini kuzatishda davom etish yoki etmaslik borasida "yakuniy qaror"ga kelmagan. 23 yoshli darvozabonni 34 million funtga yaqin mablag' evaziga sotib olinishi mumkin.
Hisobotda aytilishicha, darvozabonga qishki transferlar vaqtida "Barselona" va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirgan.
Shevale joriy mavsum Fransiya chempionatida 26 ta o'yinda maydonga tushdi va to'qqizta "quruq" o'yin o'tkazdi.



