

28 yoshli futbolchi transfer narxi 25 mln. evroga baholanmoqda. Uning yillik maoshi 3,5 mln. evro. "Milan" Fellaynini xarid qila olmaydi.
Silvio Berluskoni klubi MYUga ijara variantini taklif qildi, shartnomaga ko'ra futbolchi maoshining bir qismini ingliz jamoasi to'laydi.
"Manchester Yunayted" bu taklifga rad javobini berdi va Fellayni borasida aniq takliflar kutayotganini bildirdi.



