"Manchester Yunayted" dushanba kuni Rangnik bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qiladi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2021
Moskvaning "Lokomotiv" klubi sport va rivojlanish bo'limi rahbari Ralf Rangnik "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

29 noyabr, dushanba kuni bu haqda rasman e'lon qilinadi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.

Avvalroq OAV Rangnikning mavsum oxirigacha "Manchester Yunayted"ni boshqarishi, shundan so'ng u ikki yil davomida klub maslahatchisiga aylanishi haqida xabarlar tarqalgandi.

63 yoshli germaniyalik mutaxassis "qizil iblislar" rahbariyati tomonidan 21 noyabr kuni iste'foga chiqarilgan Ole-Gunnar Sulsher o'rnini egallaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira