"Manchester Yunayted" De Xeaning o'rinbosari uchun 75 mln evro to'lamoqchi emas

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023
"Manchester Yunayted" "Portu" posboni Diogu Koshtani sotib olishni istamoqda.

"A Bola" xabariga ko'ra, mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag ushbu transferni maqullagan. Biroq klubdagilar posbon uchun 75 mln evro juda qimmat deb hisoblashgan va transfer summasini pasaytirish niyatida.

O'tgan mavsumda Koshta Portugaliya chempionatida 33 o'yinda qatnashib, 22 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola