"Manchester Yunayted" Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, Nkunkuni qo'ldan chiqaradi

Sherzod Nurmatov
19 apr 2022
"Manchester Yunayted" "Leyptsig"ning fransiyalik hujumkor yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, Nkunku yozgi transfer oynasida ko'plab jamoalar orasidan yangi klub tanlaydi. 

Agar "Manchester Yunayted" kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etsa, ular bu poygada g'alaba qozonishadi. Ushbu omil uni imzolash uchun kurashda hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin.

Nkunku joriy mavsumda "Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda qatnashib, 30 ta gol urdi hamda 19 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild