"Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh bilan shartnomani uzaytirdi

Administrator
15 avg 2024
Ingliz klubi jamoadagi eng muhim o'yinchilardan biri bilan yangi bitim imzoladi.

"Manchester Yunayted" klubining eng muhim o'yinchilaridan biri Brunu Fernandesh jamoa bilan 2027 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Bitimda muddatni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. 

Ma'lumot uchun, Fernandesh MYU libosida 234 ta o'yinda maydonga tushib, 79 ta gol va 67 ta assist qayd etdi. 


AdministratorMuallif
Manba: manutd.com