"Manchester Yunayted" baza yonidagi ko'chani mahalliy aholi uchun yopib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2017
"Manchester Yunayted" rahbariyati klubga aloqador bo'lmagan shaxslar uchun Karringtondagi baza yonidan o'tuvchi ko'chani yopib qo'ydi.

Klub xavfsizlik xizmati yaqin atrofdagi uylarda yashovchilarga bu ko'chadan endi o'tib bo'lmasligini ma'lum qilib chiqishdi.

Ko'chaga kirishda quyidagi so'zlar yozilgan belgi o'rnatilgan: "Kirish mumkin emas. Xususiy mulk. Qoidaga rioya qilmaslik qonun bo'yicha jazolanadi".

Taqiq ushbu er hududiga egalik qiluvchi HIMOR kompaniyasi tomonidan o'rnatildi. Bunga sabab mahalliy aholi baza atrofidagi yo'llarni ahlatxonaga aylantirishi bo'ldi.

"Manchester Yunayted" bu qaror javobgarligini er egalariga yukladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun