"Manchester Yunayted" "Bavariya"ning sobiq hujumchisini 50 mln evroga sotib olishga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
21 yanv 2024
"Qizil iblislar" Italiya A Seriyasida "Bolonya" sharafini himoya qilayotgan Joshua Zirkzeeni sotib olish uchun asosiy nomzod hisoblanadi.

"Manchester Yunayted" niderlandiyalik futbolchi transferi uchun 50 mln evro to'lashga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, bu transferga "Bavariya" to'sqinlik qilishi mumkin. Myunxenliklarla futbolchini 40 mln evroga qaytib sotib olish huquqi bor.

A Seriya joriy mavsumida hujumchi 19 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 2 marta sheriklariga golli uzatma etkazib berdi.   


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sport Italia