"Manchester Yunayted" "Bavariya" himoyachisiga davogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
22 fev 2021
"Bavariya" himoyachisi Niklas Zyule APLning yana bir top-klubi qiziqishlariga tushib qoldi.

"Daily Express" xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted" rahbariyati jamoasida ko'rmoqchi. Ayni damda "Chelsi" ham futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lib turibdi.

Niklas 2017 yili "Bavariya"ga o'tgandi. Tomonlarning shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda u 15 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express