"Manchester Yunayted" "Barselona" yulduzi uchun 100 million evro to'lashga tayyor

Alisher Ostonov
1 fev 2026
"Manchester Yunayted" "Barselona" hujumchisi Rafinyaga qiziqish bildirmoqda.

“Qizil iblislar" braziliyalik futbolchining transferini shu yozda rasmiylashtirmoqchi. MYU hujumchining transferi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor.

Rafinyaning "Barselona" bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi Kataloniya klubi safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: El Nacional