"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisiga 70 million evro taklif qildi

Khoja
3 avg 2025
"Machester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqish bildirmoqda.

"Qizil iblislar" 22 yoshli yarim himoyachining transferi uchun 70 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'ziga esa ikki baravar oshirilgan maosh berishga rozi ekanligini ma'lum qilgan.

22 yoshli futbolchi o'tgan mavsum 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va yana 10 ta golga assist bo'lgan. Transfermarkt futbolchini 50 million evroga baholagan.




KhojaMuallif
Manba: championat.com