"Manchester Yunayted" avgust oyidan buyon safardagi ilk golini urdi

Mirjalol Normatov
25 okt 2019
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Antoni Marsyal Yevropa ligasi doirasida "Partizan" darvozasini ishg'ol qildi.

Qayd etish kerak, Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari 31 avgustdan buyon ilk marta safar o'yinida gol kiritishni uddalashdi. O'shanda Daniel Jeyms "Sautgempton" darvozasini ishg'ol qilgandi.

Shundan keyin mankunianliklar "Nyukasl" (0:1), AZ (0:0) va "Vest Xem" kabi jamoalar maydonida gol ura olmagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia