"Manchester Yunayted" "Atletiko" futbolchisi uchun 150 mln evro to'lashga tayyor?!

Alisher
16 fev 2025
"Manchester Yunayted" "Atletiko" forvardi Xulian Alvaresning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Angliya grandi futbolchining o'yinidan hayratda. "Qizil iblislar" hujumchining o'tishi uchun 150 mln evro to'lashga tayyor.

Argentinalikning o'zi esa "Atletiko"dan ketishni xohlamayapti. U Madrid klubida bo'lishdan zavq olmoqda.

Alvares joriy mavsum madridliklar safida 36ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: OK Diario