"Manchester Yunayted" ajoyib natija qayd etyapti

Biroz avval yakunlangan Yevropa Ligasi nimchorak final bosqichi doirasidagi bahsda ingliz jamoasi LASK klubini mag'lub qildi.

EL. MYU Avstriyada yirik hisobda g'alaba qozondi

Takidlash lozimki, ayni paytda "qizil iblislar" mag'lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Avstriyadagi o'yin Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari uchun mazkur seriyadagi 11-uchrashuvga aylandi. Manchesterliklar shulardan 8ta bahsni g'alaba bilan yakunlagan, 3tasida esa durangga rozi bo'lgan. So'nggi 11 o'yindagi to'plar nisbati ham MYU futbolchilari uchun ajoyib ko'rinish kasb etgan – 29:2 (+27).


Manba: sports.ru