"Manchester Yunayted" 17 yoshli Garnachoga 5 yillik shartnoma taklif qildi

Alisher
11 iyun 2022
"Manchester Yunayted" hujumchi Alexandro Garnacho bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni boshladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Angliya klubi 17 yoshli argentinalikka 5 yillik shartnoma taklif qildi.

Qayd etish kerakki, hujumchi klubdagi bosh iqtidorlardan hisoblanadi.

Garnacho o'tgan mavsum MYUning yoshlar jamoasida 34ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano