“Manchester Yunayted” Gamshikni sotib olishga harakat qilib ko'radi

21 okt 2013, 16:56
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Napoli”ning slovakiyalik yarim himoyachisi Marek Gamshik uchun transfer taklifi tayyorlamoqda.

Qishki transferlar oynasi paytida mankunianliklar 26 yoshli futbolchi uchun 35 million funt taklifi bilan chiqishmoqchi.

Biroq yaqinda futbolchi bilan shartnomani uzaytirgan “Napoli”, o'zining yetakchisini berib yuborishini istamasligi mumkin.


Manba: soccer.ru