"Manchester Yunayted" Blekket bilan yangi shartnoma tuzmoqchi

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Tayler Blekket bilan yangi kelishuvga erishishni ko'zlamoqda.
20-yoshli himoyachi so'nggi vaqtlarda jamoaning asosiy tarkibiga muntazam ravishda tushib kelmoqda va klub Blekketga yangi shartnoma taklif etish haqida bosh qotirmoqda. Ayni vaqtda Blekket haftasiga 2 ming funt sterling olmoqda. "Manchester Yunayted" uning maoshini 25 barobarga ko'paytirmoqchi.

Manba: soccer.ru