"Manchester Siti"ning asosiy futbolchilari "Uikomb"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
21 sen 2021
"Manchester Siti" 21 sentyabr kuni Angliya liga kubogi 1/16 finalida "Uikomb"ga qarshi bahs olib boradi.

"Shaharliklar" rasmiy sayti xabariga ko'ra, Ilkay Gyundogan jarohati sababli ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Undan tashqari, Emerik Lyaport, Aleksandr Zinchenko, Rodri va Jon Stounz kabi futbolchilar ham o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Shuningdek, Joau Kanselu va Ruben Diashga bosh murabbiy dam berishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ManCity