"Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldin "Tottenxem" himoyachisi safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
17 noya 2020
"Tottenxem" himoyachisi Mett Doerti koronavirusga chalindi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, futbolchi Irlandiya termasi ixtiyoridan ketgan va izolyaciyaga olingan. Futbolchi 10 kun davomida ko'chaga chiqmaydi.

Shu orqali futbolchi shanba kuni "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan o'yinda qatnashmaydi. Shuningdek, uning Yevropa ligasi doirasidagi "Ludogorec"ga qarshi o'yinda qatnashishi ham so'roq ostida qolmoqda.

Doerti ushbu mavsumda barcha turnirlarda 10 o'yinda qatnashdi va 1 golga assist bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports