"Manchester Siti"da Gvardiolaning davomchisi kim bo'ladi?

Sherzod Nurmatov
27 okt 2025
"Manchester Siti" direktorlar kengashi jamoa sobiq sardori va "Bavariya"ning hozirgi bosh murabbiyi Vensan Kompanini Pep Gvardiolaning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda "TEAMtalk" ma'lum qildi.

"Etixad"dagilar Kompani klub falsafasini chuqur tushunishi va ajoyib yetakchilik fazilatlari orqali bosh murabbiy lavozimiga ideal nomzod bo'lishiga ishonishadi.

Kompani 2008 yildan 2019 yilgacha "Manchester Siti"da o'ynagan va ko'p yillar davomida jamoaga sardorlik qilgan. Belgiyalik mutaxassis 2024 yildan beri "Bavariya" bosh murabbiyi bo'lib ishlamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk