"Manchester Siti" zaxira darvozaboni Ortega ilk bor Germaniya termasidan chaqiruv oldi
Omonjon To`xtamirzayev
7 noya 2024
"Manchester Siti" kiperi Shtefan Ortega Moreno Germaniya terma jamoasiga chaqirildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 32 yoshli darvozabon milliy terma jamoaga ilk bor chaqirilmoqda. U Millatlar Ligasi doirasida Bosniya va Gertsegovina hamda Vengriyaga qarshi bahslarda mamlakati sharafini himoya qilishi mumkin.