"Manchester Siti" xavbeki Rahim Sterling yozda "Milan"ga o'tishi mumkin

Alisher
20 apr 2022, 12:52
"Milan" yozgi transfer oynasida "Manchester Siti" va Angliya terma jamoasi o'yinchisi Rahim Sterlingni xarid qilishi mumkin.

Milanliklar "Siti" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadigan 27 yoshli o'yinchi bilan shartnoma imzolash borasida bosh qotirishmoqda.

Sterling joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 7ta assist qayd etdi.

Xavbekning transfer narxi - 85 million evro.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur