“Manchester Siti” va “Arsenal” o'rtasidagi APLning qoldirilgan uchrashuvi qachon bo'lib o'tishi ma'lum bo'ldi

APLning 28-turi doirasida “Ittihod” stadionida o'tishi kerak bo'lgan bahs mart oyida bo'lib o'tadi.

“Manchester Siti”ning Angliya Liga Kubogi finalida o'ynashi sabab, APLning 28-turidan o'rin olgan “Arsenal”ga qarshi o'yini qoldirilgandi. Ushbu bellashuv 11 mart kuni bo'lib o'tishi belgilandi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:30 boshlanadi.


Manba: Twitter/Premier League