"Manchester Siti" Sterlingni "Chelsi"ga 25 mln evroga sotishni rad etdi

Alisher
20 iyun 2022, 10:17
"Manchester Siti" forvard Rahim Sterlingni "Chelsi"ga sotmadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Siti"ni 27 yoshli angliyalik uchun taklif qilingan narx qoniqtirmadi - 25 mln evro. Manchester klubi o'yinchi uchun 55-60 mln evro olmoqchi.

Sterling o'tgan mavsum "Man Siti" tarkibida 47ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 70 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano