"Manchester Siti" sobiq futbolchisi endi mamlakat prezidenti

Aslanov Jasurbek
14 dek 2024
"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Mixail Kavelashvili Gruziya prezidentiga aylandi.

“Gruziya orzusi” partiyasidan nomzod Mixail Kavelashvili saylovchilar kollegiyasining 225 nafar a'zosidan 224 ta ovoz oldi.

Kavelashvili futbolchilik faoliyatini Tbilisining "Lokomotiv" klubida boshlagan. U faoliyati davomida "Dinamo" (Tblisi), "Manchester Siti", "Grassxopper", "Cyurix", "Lyucern", "Son" va "Bazel" klublarida to'p tepgan.

U Gruziya terma jamoasi safida 46ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Коммерсантъ»