"Manchester Siti" rekord transferni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
17 iyul 2025
"Manchester Siti" Sverre Nyupan bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

Ingliz klubi yarim himoyachini "Rusenborg"dan sotib oldi va 5 yillik shartnoma imzoladi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, "shaharliklar" 18 yoshli futbolchi uchun 12,5 million funt to'lagan. Bu Norvegiya chempionati tarixidagi eng katta sotuv hisoblanadi.

Sverre "Rusenborg" tarkibida 70 o'yinda 14 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: mancity.com